Yuzalar dezinfeksiyasi (VAH-metodika)1)
Bakteriyalar1) va achitqi zamburug‘lar1)
Qobiqli-viruslar, jumladan HBV, HCV, HIV3), 4)
Adeno-viruslar1)
Noro-viruslar1), 5)
1) Kichik yuklanishdagi sinovlar (VAH, EN 13624, EN 13727 EN 14348, EN 14476, EN 16615).
2) Bakteriyalarga qarshi faollik MRSAga qarshi faollikni ham o‘z ichiga oladi.
3) Adeno-virus va MNV (EN 14476) bilan sinashlar, jumladan HBV, HCV, HIV qobiqli viruslarni ham o‘z ichiga oladi.
4) RKI (Sog‘liqni saqlash federal axborotnomasi 60, 353-363, 2017 tavsiyasiga ko‘ra).
5) Katta yuklanishdagi sinovlar (EN 14476).
MIKROBIOLIK SAMARADORLIGI
Noinvaziv tibbiy mahsulotlarning (jarrohlik stollari, tibbiy uskunalar, jarohatlarni bog‘lash aravachalari, stetoskoplar va boshqalar) spirtga chidamli yuzalarini, ayniqsa, borish qiyin bo‘lgan joylarda, klinikalar, keksalar uylari, oziq-ovqat sanoatida va mukammal gigiyenik holatni talab qiladigan boshqa sohalarda tez dezinfeksiya qilish uchun mo‘ljallangan, aldegidsiz tayyor preparat.
- Tez ta’sir qiluvchi, artib tozalash va ho‘llash uchun.
- Bakteriyalar, zamburug‘lar va juda ko‘p viruslarga qarshi keng ta’sir doirasiga ega (qobiqli viruslar, jumladan HBV, HCV va HIVga, shuningdek, Adeno-viruslar, Noro-viruslar kabi qobiqsiz viruslarga qarshi virulitsid cheklangan).
- Dolzarb VAH-metodika va Yevropa normalari bo‘yicha sinovdan o‘tgan.
- Materiallar bilan juda yaxshi mos keladi.
- Tez quriydi.
- Ishlatish oson.
- Yoqimli limon hidi.
B 30 eritilmagan holda ishlatiladi. Artib tozalash metodi bilan ishlov berishda, salfetkani purkagich orqali B 30 preparati bilan ho‘llash yoki B 30ni bevosita yuzaga surtish va artish lozim. Ho‘llash orqali yuzalarga va narsalarga ishlov berishda, preparat 20 dan 30 smgacha, to‘liq ho‘llangunicha surtilsin va artilsin yoki salfetka ho‘llanib, artilsin. Ko‘zga ko‘rinarli ifloslanishlarda yuzalar B 30 bilan dezinfeksiya qilinsin, kirlar salfetka bilan yo‘qotilsin va yakunida yana bir marta dezinfeksiya qilinsin. Ekspozitsiya vaqti 1 daqiqani tashkil qiladi. B 30 oro® preparati shimdirilgan standart/kompakt kanop salfetkalar ham xuddi shunday qo‘llanadi.
Spirtga ta’sirchan materiallar, masalan, akril shishaga B 30 ishlatilmasin. Bunday yuzalar uchun mos kelishi bo‘yicha sinovlar o‘tkazilsin. Artib tozalash yoki ho‘llash metodi bilan kichik yuzalarni tez dezinfeksiya qilish uchun B 30 ishlatgan ma’qulroq. Agar yuzaga yoki narsaga qo‘l yetishi qiyin bo‘lsa, ho‘llash eng qulay metod hisoblanadi. Oziq-ovqat sanoatida ho‘llash metodidan, faqat mahsulotlar ishlov berish joyidan uzoqda bo‘lgandagina, foydalanish mumkin. Ish yakunlangach, dezinfeksiya qilingan yuzalar suv bilan yaxshilab yuvilsin.
B 30 suvli eritmadagi spirtlar, to‘rtlamchi ammoniy birikmalar va yordamchi moddalarni o‘z ichiga oladi. 100 g. tarkibida 62 g etanol, 0,05 g. didecil dimetil ammoniy xlorid bor.
10 l.-kanistra
6 x 1 l. karton qutida
shaffof, rangsiz suyuqlik
D = 0,88 ± 0,02 g/sm³ (20 °C)
22 °C (DIN 51755ga ko‘ra)
Kanistra uchun kran, kanistraning kaliti, purkagich, 1 l. shisha uchun dozator, 1 l. flakon uchun purkagich-kallak.
3 yil; ochilgandan keyingi yaroqlilik: 3 yil.
oro® kanop salfetka standart/kompakt bilan qo‘llanganda, 3 oy (oro® kanop salfetkalar mahsuloti haqidagi axborotga qarang).
Preparat salqin joyda, 5 °C dan past bo‘lmagan haroratda saqlansin.
301 OECD-Direktivaga ko‘ra, B 30 biologik oson parchalanadi. Qadog‘i xomashyo va yoqilg‘i sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan polietilen va polipropilendan yasalgan.
Qayta ishlashdan oldin kanistralar yoki shishalar suv bilan yuvilsin.
Og‘iz orqali o‘tkir zaharlanish (kalamushlarda LD50) tana vaznining > 2000 mg./kg.ni tashkil qiladi. Shunday qilib, B 30 “zaharli emas” deb tasniflanadi. B 30 terini qitiqlaydigan va qichishtiradigan xususiyatlarga ega emas. Ko‘zning shilliq qavatiga tushganda, preparat qichishtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Me’yorida qo‘llanganda, ingalyatsiya xavfi yo‘q.
B 30 CLP ko‘rsatmaga ko‘ra tasniflanadi va markalanadi: mahsulotning markalanishi va xavfsizlik pasportini ko‘rib chiqing. O‘t olish nuqtasi 22 °C. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, preparat faqat maxsus purkagichdan yoki purkagich-kallakli 1l.li shishadan purkalsin. Ishlov berishning maksimal maydoni 50 ml/m2.
Yuzalarni dezinfeksiyalash
STERILIZASYON OLDINDAN TOZALASH
- Xonalar yuzalarini, qattiq va yumshoq mebellarni, jihozlarni, apparatlar, asboblar, sanitariya-texnika uskunalarining yuzalarini yuvish; kiyim-kechak, idish-tovoqlarni (shu jumladan laboratoriya va bir martalik idishlarni), idish-tovoq yuvish uchun buyumlarni, rezina va polipropilen gilamchalarni tozalash; rezina, plastmassa va boshqa polimer materiallardan tayyorlangan poyabzallarni, tozalash materiallari va inventarlarni, o‘yinchoqlarni, sport anjomlari, bemorlarni parvarishlash buyumlari, shaxsiy gigiyena vositalarini davolash-
profilaktika muassasalarida (jumladan klinik, diagnostik va bakteriologik laboratoriyalar, neonatologiya bo‘limlari, tug‘ruqxonalar, chaqaloqlar palatalari), bolalar va penitensiar muassasalarda, infeksiya o‘choqlarida joriy, yakuniy va profilaktik dezinfeksiya o‘tkazish paytida tozalash uchun mo‘ljallangan;
- Kuvezlar va ularga moslangan moslamalar, shuningdek chaqaloqlarni o‘rash va tug‘ruq stollari;
- Barokameralar va ularga moslangan qurilmalar;
- Steril asbob-uskunalarni saqlash uchun bakteritsid kameralar (tashqi yuzalari);
- Narkoz-nafas olish apparaturasining tarkibiy qismlari;
- Sanitariya transport vositalari;
- Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun transport vositalari;
- Anesteziologiya uskunalari:
- Bir martalik tibbiy buyumlar (jumladan laboratoriya idishlari), bog‘lash materiallari, bir martalik choyshablar va shu kabilarni utilizatsiya qilishdan oldin dezinfeksiyalash, shuningdek oziq-ovqat chiqindilarini ham;
- Turli profildagi laboratoriyalarda, sanitariya transportida va boshqa joylardagi idishlarda hamda yuzalarda mavjud bo‘lgan qon va biologik ajratmalar (siydik, najas, balg‘am, qusiq
- Umumiy ovqatlanish korxonalari, oziq-ovqat savdosi, iste’mol bozorlari, kommunal obyektlar, mehmonxonalar, yotoqxonalar, basseynlar, akvaparklar, hammomlar, saunalar va odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda binolar hamda uskunalarni (shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari bilan aloqada bo‘ladigan uskunalarni ham) yuvish va tozalash;
- Sartaroshxona, massaj va kosmetika salonlari, go‘zallik salonlari, kirxonalar, klublar va aholiga xizmat ko‘rsatish sohasidagi boshqa obyektlarning xonalari, jihozlari, asbob-uskunalari, maxsus kiyimlari hamda ular havosini dezinfeksiyalash;
- Chiqindi yig‘ish uskunalari, axlat tashuvchi mashinalar, chiqindi konteynerlari va axlat to‘plash joylari, axlat quvurlarini tozalash, yuvish va hid yo‘qotish ishlari;
- Fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining kabina va bo‘linmalari;
- Jamoat transporti va metroda;
- Zamburug‘ etiologiyali infeksiyalarning (dermatofitiya) oldini olish maqsadida teri, mato, sun’iy charm, rezina, plastmassa va boshqa polimer materiallardan tayyorlangan poyabzallarda;
- Farmatsevtika va biotexnologiya sanoati korxonalarida C va D toifali tozalik xonalarida steril bo‘lmagan dori vositalarini ishlab chiqarish uchun xonalar va uskunalarni yuvishda;
- Qurolli Kuchlar va Qutqaruv xizmatlarida binolar va jihozlarni yuvishda.
- Morglar va patologoanatomik xizmatlar binolari, sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalari, kolumbariylar, krematoriylar, dafn etish byurolari va byuro-do‘konlar, motam marosimlari uylari, marosim va dafn etish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarning boshqa bino va inshootlaridagi yuzalar, obyektlar va ajratmalar, shuningdek avtokatafalklarga ishlov berish uchun;
- Uy-ro‘zg‘or buyumlari, o‘yinchoqlar, xonalar, laboratoriya idishlari va laboratoriya uskunalari;
- Mog’orga qarshi kurashish.
UMUMIY TOZALASH ISHLARINI O‘TKAZISH
- Davolash-profilaktika, maktabgacha ta’lim, maktab va boshqa umumta’lim hamda sog‘lomlashtirish muassasalarida;
- Kommunal inshootlarda;Jazoni ijro etish va boshqa muassasalarda.
massalari, yuvindi suvlari, tomoq chayilgandan so‘ng hosil bo‘lgan suyuqliklar va boshqalar):