Qo‘llash
Vaqti
Qo‘llar terisining gigiyenik dezinfeksiyasi1)
30 soniya
Qo‘llar terisining jarrohlik dezinfeksiyasi1)
5 daqiqa
Yog‘ bezlari ko‘p bo‘lgan terining dezinfeksiyasi
Bakteriyalar1) va achitqi zamburug‘lar1)
10 daqiqa
30 soniya
Viruslar
Vaccinia-viruslar, jumladan. HBV, HCV va HIV1), 3), 4)
SARS-Corona-viruslar3), 5)
Adeno- viruslar 1)
Rota- viruslar 3)
Noro- viruslar 1)
30 soniya
1 daqiqa
30 soniya
30 soniya
1) Kichik yuklanishdagi sinovlar.
2) Bakteriyalarga qarshi faollik MRSAga qarshi faollikni ham o‘z ichiga oladi.
3) Yuklanishdagi va yuklanishsiz sinovlar.
4) RKI tavsiyalariga ko‘ra (Sog‘liqni saqlash federal axborotnomasi. 60, 353-363, 2017).
5) BCV surrogat virusiga sinovlar.
MRSA2)
30 soniya
30 soniya
100 %
100 %
100 %
100 %
100 %
Kons.
30 soniya
Tb-bakteriyalar1)
100 %
100 %
100 %
100 %
100 %
100 %
MIKROBIOLIK SAMARADORLIGI
C 20 Qo'l va terini dezinfeksiyalovchi vosita
Ishlatishga tayyor
Tez ta’sir etuvchi, tarkibida spirt bo‘lgan, surkaladigan vosita klinikalar, keksalar uylari, oziq-ovqat sanoati va mukammal gigiyenik holat talab qilinadigan barcha sohalarda ishlatiladi. С 20 oddiy ukol qilishlar, periferik qon tomirlari va bo‘g‘imlar punksiyasidan oldin dezinfeksiya qilish uchun, operatsiyalardan oldin terini, yog‘ bezlarini dezinfeksiya qilish, shuningdek, sovuq kompresslar va buning uchun yaroqli tibbiy qo‘lqoplarni dezinfeksiya qilish uchun xizmat qiladi.
  • Bakteriyalar, zamburug‘lar va juda ko‘p viruslarga qarshi keng ta’sir doirasiga ega sinalgan samaradorlik (qobiqli viruslar, jumladan, HBV, HCV va HIV, SARS-Coronavirus, shuningdek, Rotaviruslar, Adeno-viruslar, Noro-virus kabi qobiqsiz viruslarga qarshi virulitsid cheklangan).
  • Zudlik bilan ta’sir qiluvchi, qo‘llashga tayyor preparat.
  • Dermatologik sinovdan o‘tgan– tez-tez va muntazam qo‘llanganda, teri bilan juda yaxshi moslashadi.
  • Tarkibida bo‘yoqlar, xushbo‘y moddalar yoki terida qolib ketadigan boshqa faol moddalar yo‘q.
Mahsulot haqida ma’lumot
С 20 eritilmagan holda ishlatiladi. С 20 bevosita 500 ml. li shishadan, 500 ml.li yoki 1 litrli shishadan miqdorlab beradigan nasos bilan yoki dispenzerdan (masalan, Ophardt) foydalanib surkalsin.Qo‘llarni gigiyenik dezinfeksiya qilish uchun С 20 surkalsin va ular 30 soniya nam holda saqlansin. Jarrohlikda qo‘llarni dezinfeksiya qilish uchun qo‘llar va bilak terisiga С 20 surkalsin va ular 5 daqiqa davomida nam holda saqlansin. Oddiy ukol qilishlar va periferik qon tomirlari punksiyasidan oldin dezinfeksiya qilish uchun teri С 20 preparati bilan yaxshilab artilsin va ular 15 soniya davomida nam holda saqlansin. Operatsiyalar va bo‘g‘imlar punksiyasidan oldin dezinfeksiya qilish uchun teri С 20 preparati bilan yaxshilab artilsin va 1 daqiqa davomida nam holda. saqlansin. Yog‘ bezlari ko‘p bo‘lgan terini dezinfeksiya qilish uchun, teri C20 preparati bilan yaxshilab artilsin va 10 daqiqa davomida nam holda saqlansin. Sovuq kompresslar uchun C 20 preparati teng proporsiyalarda suv bilan aralashtirilish lozim.
QO‘LLASH
KO‘RSATMALAR
Dori-darmonlar bolalarning qo‘li yetmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng dori-darmonlardan foydalanilmasin. Ko‘rsatilgan sana eng kam muddat hisoblanadi. Qo‘shimcha to‘siqlar (masalan, nam teri, kir teri, aralashish xavfi) bo‘lganda ekspozitsiya vaqti uzaytirilishi zarur. Himoya qo‘lqoplarini dezinfeksiya qilishda ularning spirtlarga chidamliligini hisobga olish kerak.
KIMYOVIY TARKIBI
C 20 propanol 2ning tez ta’siriga asoslangan. 100 g preparatda 63,1 g propanol 2 bor. Boshqa komponentlar: Tozalangan suv.
QADOG‘I
10 l.-kanistra
6 x 1 l. karton qutida
12 x 500 ml. karton qutida
10 x 125 ml. karton qutida (qopqoqli yoki purkagich kallakli)
Faol eritma:
Tashqi ko‘rinishi:
shaffof, rangsiz, qayishqoqligi kam suyuqlik
Zichligi:
O‘t olish nuqtasi:
D = 0,866 – 0,884 g/sм³ (20 °C)
19 °C
Haroratga chidamliligi:
0 dan + 40 °C gacha.
ASHYOLARI
Kanistra uchun kran, kanistraning kaliti, 500 ml. li shisha va 1 l. li shisha uchun ilgichli tutqich, 500 ml.li shisha va 1 l.li shisha uchun dozator, 500 ml.li shisha va 1 l.li shisha uchun plastmassa yoki alyumin dispergator. Qo‘llarni dezinfeksiya qilish uchun alyumin kolonna (500 ml.li shisha va 1 l.li shisha uchun kontaktsiz alyumin dispenser, vannacha, yopiladigan planka va displey), qo‘llarni dezinfeksiya qilish uchun zanglamaydigan, po‘latdan yasalgan kolonna (dispensersiz), 125 ml. li shisha uchun klips.
YAROQLILIK MUDDATI
4 yil; ochilgandan keyingi yaroqlilik: 12 oy, dispenserda 6 oy
SAQLASH
Zich yopilgan holda saqlansin. Issiqlik, yorug‘lik va namlik ta’siridan saqlansin. Preparat salqin joyda, 5 °C dan past bo‘lmagan haroratda saqlansin
FIZIK MA’LUMOTLAR
EKOLOGIYA
C 20-preparat ekologik xavfsiz. C 20 oqova suvlarga tushsa, uning barcha komponentlari biologik parchalanadi. Qadog‘i xomashyo va yoqilg‘i sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan polietilendan yasalgan.
Qayta ishlashdan oldin kanistra yoki shisha suv bilan yuvib tashlansin.
TOKSIKOLOGIYA
C 20ning tarkibida zaharli xususiyatlari yaxshi ma’lum bo‘lgan va xavfsiz deb tan olingan faol va boshqa komponentlar bor. Bugungi kunga kelib tadqiqotlar preparat tayyorlanadigan barcha xomashyolar mutagen, embriotoksik, teratogen yoki kanserogen xususiyatlarga ega emasligini ko‘rsatdi. Shilliq pardalar yoki ochiq jarohatlarga tegib ketganda, yengil ta’sirlanish, biroz qizarish yoki terining achishishi paydo bo‘lishi mumkin. Shu sababli, C 20 shilliq pardalar yoki ochiq yaralarni dezinfeksiya qilish uchun ishlatilmasin.
OGOHLANTIRISH
Oson alangalanadi. DIN 51755ga ko‘ra, o‘t olish nuqtasi: 19 °C. Olov manbaidan uzoqda saqlansin. Agar preparat to‘kilib ketsa, darrov yong‘in va portlashning oldini olish choralari ko‘rilsin. Bunday choralar, masalan, to‘kilgan suyuqlikni yig‘ib olish va suv bilan aralashtirish, xonani shamollatish, shuningdek, o‘t olish manbaini yo‘q qilish bo‘lishi mumkin. Faqat sirtga qo‘llash uchun. Ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘yilmasin.
Qo‘l antiseptigi
QO‘LLARNI GIGIYENIK TOZALASH
3 ml. vosita qo‘l panjalariga surtiladi va 30 soniya davomida quriguncha teriga yaxshilab ishqalanadi.
JARROHLAR VA OPERATIV ARALASHUVLARDA ISHTIROK ETUVCHI SHAXSLARNING QO‘LLARINI ANTISEPTIK VOSITA BILAN ISHLOV BERISH
Vositani qo‘llashdan oldin qo‘l va bilak panjalari 2 daqiqa davomida iliq oqar suv va sovun (qattiq yoki suyuq) bilan yaxshilab yuviladi, so‘ngra steril doka salfetka bilan quritiladi. Keyin qo‘l panjalariga 5 ml vosita alohida miqdorlarda surtiladi, bir tekisda taqsimlanadi va 1,5 daqiqa davomida qo‘l panjasi hamda bilak terisiga yaxshilab ishqalanadi. Shundan so‘ng qo‘llarga yana 15 ml vosita takroran surtiladi va 1,5 daqiqa davomida qo‘llarga ishlov berish takrorlanadi. Ishlov berishning umumiy vaqti kamida 3 daqiqani tashkil etadi. Steril qo‘lqoplar vosita to‘liq qurigandan keyingina kiyiladi.
JARROHLIK MAYDONI TERISINI, DONOR TIRSAK BUKILMALARINI, KATETERLAR KIRITISHDAN VA BO‘G‘IMLAR, TANA BO‘SHLIQLARI, KOVAK A’ZOLARNI PUNKSIYA QILISHDAN OLDIN TERINI ANTISEPTIK VOSITA BILAN ISHLOV BERISH
Terini alohida steril doka tamponlar bilan ikki marta yaxshilab artish kerak, bunda tamponlar vosita bilan yaxshilab ho‘llaniladi; ishlov berish tugagandan so‘ng 2 daqiqa kutiladi. Operatsiyadan oldingi kun bemor dush (vanna) qabul qilishi va kiyimlarini almashtirishi lozim.
C 20 – propanol 2 70 % (V/V)
  • Tarkibi: dorivor faol moddalar: 100 g. preparat tarkibida 63.1. y. propanol 2 bor. Boshqa tarkibiy qismlari: tozalangan suv. Qo‘llash sohalari: qo‘llarni gigiyenik va jarrohlik dezinfeksiyasi qilish, oddiy ukol qilishdan, periferik tomirlar punksiyasidan oldin terini dezinfeksiya qilish, operatsiya va bo‘g‘imlar punksiyasidan oldin terini dezinfeksiya qilish, ortiqcha yog‘ bezlari bo‘lgan terini dezinfeksiya qilish, kompresslar.
  • Qarshi ko‘rsatmalar: C 20 ochiq jarohatlarni dezinfeksiya qilishga yaramaydi. Uning tarkibidagi moddalarga sezgirlik bo‘lganda, qo‘llash mumkin emas.
  • Yondosh ta’sirlar: C 20 teriga surkalganda, qizarish va yengil achishish paydo bo‘lishi mumkin.
  • Ko‘rsatmalar: Zich yopilgan holda saqlansin. Preparat bolalarning qo‘li yetmaydigan joyda saqlansin. Saqlash muddati o‘tganidan keyin davolash vositasidan boshqa foydalanilmasin.
  • Farmatsevtik kompaniya va ishlab chiqaruvchi: orochemie GmbH + Co. KG, Max-Planck-Straße 27, 70806 Kornwestheim.
INYEKSIYA MAYDONIDAGI TERINI ANTISEPTIK BILAN ISHLOV BERISH
Terini steril paxtali tampon bilan, ko‘p miqdorda antiseptik vositasi bilan ho‘llash; ishlov berishdan keyingi kutish vaqti – 5 soniya; ishlov berish inyeksiya joyidagi teriga sepish usuli bilan amalga oshiriladi, purkovchi nasadkasi yordamida to‘liq ho‘llangunga qadar, so‘ngra sepishdan keyin 15 soniya davomida kutish kerak.
XODIMLAR QO‘LLARIGA KIYGAZILGAN QO‘LQOPLARNI ANTISEPTIK BILAN ISHLOV BERISH
Qo‘lqoplarning tashqi yuzasi steril paxta yoki dokali tampon bilan yaxshilab artiladi, bunda har bir tamponga kamida 3 ml vosita shimdiriladi. Ishlov berish vaqti kamida 1 daqiqa davom etadi.
Qo‘lqop yuzasi to‘liq quriguncha ekspozitsiya davom ettiriladi.
SES RUz